11:25 / 24.01.2017
15189

Gifstory: Nemertina chuvalchangi – Yer yuzida shunday jonzotlar ham bor

Bu mavjudotlar haqiqatdan ham Yer yuzida – sayyoramizda yashaydi. Ular Protostomia oilasiga mansub bo‘lib, qo‘rqinchli filmlardagi chuvalchanglarni eslatadi. Ularning deyarli tashqi a'zolari yo‘q. Shu bilan birga, ular katta miqdorda suyuqlik ajratadi. Ba'zan ular yeguligini ovlash uchun ich qismini tashqariga chiqara oladi. 

Bundan tashqari, ularning qurbonlari maxsus yopishqoq to‘rdan qo‘rqishlari kerak. Shunday qilib, tanishing — nemertinalar.

"Vikipediya"ga ko‘ra, fanga uzunligi 54 metrgacha boradigan nemertinalar ma'lum. Ushbu GIF surat e'lon qilingan Reddit.com portali foydalanuvchilari esa, bunday qo‘rqinchli mavjudot atigi bitta bo‘lgani va u allaqachon narigi dunyoga ravona bo‘lganiga umid bildirishgan. 

 

Mavzuga oid
Top