13:06 / 24.01.2017
22704

Namanganda Sud departamenti avtotransport vositalari arzon narxlarda sotuvga qo‘yilgan yarmarka tashkil etdi

Sud departamentining Namangan viloyat hududiy boshqarmasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 200-sonli qaroriga asosan 21-22 yanvar kunlari Namangan viloyatining barcha tuman (shahar) markazlarida yarmarkalar tashkil etildi. Bu haqda Kun.uz’ga boshqarma vakillari xabar berdi.

Yarmarkada avtotransport vositalari, qurilish materiallari, barcha yoshdagi ayollar va erkaklar kiyimlari hamda ro‘zg‘or buyumlari va kerakli mahsulotlar arzon narxlarda sotuvga qo‘yildi. 

Bunday yarmarkalar doimiy tashkil etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, navbatdagisi 28-29 yanvar kunlari viloyatning barcha tuman (shahar) markazlarida bo‘lib o‘tadi.

Top