08:11 / 24.01.2017
29708

OAV: AQSh Obamaning so‘nggi soatlarida Falastinga yashirincha 221 mln dollar yuborgan

Foto: RIA

AQShning sobiq prezidenti Barak Obama ma'muriyati vakolatlari tugashiga bir necha soat qolganida Falastinga maxfiy ravishda 221 million dollar o‘tkazgan, deb xabar qilmoqda Accociated Press agentligi rasmiy shaxslarga asoslangan holda. 

Respublika partiyasi a'zolari pul berilishiga qarshi chiqqan. Biroq, ma'muriyat 20 yanvar kuni ertalab, Donald Tramp lavozimiga kirishishidan avval, o‘z rejasidan Kongressni voqif qilgan. 

Jami 227 million dollar, shundan 4 mln dollari iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq dasturlarga, yana 1,25 millioni BMT huzuridagi tashkilotlar hisob raqamlariga o‘tkazilgan. 

Top