09:14 / 24.01.2017
10667

Shavkat Mirziyoyev Hindiston bosh vaziriga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modiga va do‘st hind xalqiga Andxra-Pradesh va Orissa shtatlari chegarasida yuz bergan temir yo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlarning nobud bo‘lganligi munosabati bilan chuqur ta'ziya izhor etdi. 

Davlatimiz rahbari o‘z maktubida qurbon bo‘lganlarning oila a'zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik va dalda so‘zlarini yetkazib qo‘yishni so‘radi.

Top