10:08 / 25.01.2017
5235

AQSh mudofaa vaziri Yaponiya va Janubiy Koreyaga tashrif buyurmoqchi

Foto: Reuters

AQShning yangi mudofaa vaziri Jyeyms Mettis kelasi hafta Yaponiya va Janubiy Koreyaga tashrif buyuradi, deb xabar berdi "Reyter" agentligi o‘z nomini oshkor etishni istamagan amerikalik amaldorga asosan.

Avvalroq "Kiodo" agentligi diplomatik manbalarga asoslanib, Mettis Janubiy Koreya va Yaponiyaga fevral oyining boshida borishi haqida xabar tarqatgandi. Kutilishicha, Mettis Yaponiya mudofaa vaziri Tomomi Inada, shuningdek mamlakat bosh vaziri Sindzo Abe bilan uchrashuv o‘tkazadi. Yaponiyaning tashvishiga sabab bo‘layotgan masala – Xitoyning Janubiy Xitoy dengizidagi faollashuvining ortishi va Shimoliy Koreyaning yadro hamda raketa dasturini muhokama qilish niyatida.

Bu Mettisning lavozimiga kirishgandan so‘ng birinchi xorijiy safari bo‘ladi. Tahlilchilarning fikricha, ilk tashrifning Yaponiyaga bo‘lishi Osiyodagi ittifoqchilarga Vashington bu mintaqaga katta e'tibor qaratishini ko‘rsatib berishi kerak.

Top