11:17 / 25.01.2017
20353

Nestlé Family bilan bo‘lgan sudda g‘olib chiqdi

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining kassatsiya instansiyasi Family suv ishlab chiqaruvchisiga Nestlé tovar belgilariga o‘xshash bo‘lgan grafik elementlardan foydalanishni to‘xtatish majburiyatini yukladi. Bu haqda Uzdaily.uz xabar berdi.

Shuni ta'kidlab o‘tish lozimki, «Nestle» kompaniyasi o‘zining intellektual mulkka bo‘lgan huquqini himoya qilish maqsadida 2016 yilning 26 aprel kuni Toshkent shahri xo‘jalik sudiga Family brendi ostida suv ishlab chiqaruvchi Family Group QK kompaniyasi ustidan ariza yubordi.

Toshkent shahri xo‘jalik sudi 2016 yilning 24 may kuni «Nestle» kompaniyasi arizasini qanoatlantirdi. Family Group esa sud qaroriga qo‘shilmay, birinchi instansiya sudi qarorini bekor qilish to‘g‘risida kassatsiya shikoyatini yubordi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi kassatsiya instansiyasining 2017 yil 9 yanvardagi qarori bilan Toshkent shahri xo‘jalik sudining 2016 yil 24 maydagi qarori o‘zgartirishsiz qoldirildi hamda Family Group QKning kassatsiya shikoyati qanoatlantirilmadi.

Top