08:45 / 25.01.2017
8680

Oq uy Tramp Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilay olishiga ishonchi komil ekanini ma'lum qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilay olishiga ishonchi komil, sababi “bitimlarga kelish bo‘yicha katta tajribaga ega”. Bu haqda Tramp matbuot kotibi Shon Spayser ma'lum qildi, deb xabar berdi TASS.

“U mamlakatimiz manfaatlarini himoya qilish uchun qo‘lidan keladigan barcha ishni qiladi”, - dedi Spayser.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu mamlakatning milliy xavfsizligi va iqtisodiy manfaatlariga ham tegishli.

“Agarda imkoni bo‘lsa, u bizning mamlakat manfaatlariga to‘la javob beruvchi bitimga erishadi”, - ta'kidlab o‘tdi prezident matbuot kotibi.

Avvalroq Tramp ma'muriyati Rossiya bilan IShIDga qarshi birgalikda kurashishga tayyorligi haqida ham ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid
Top