01:19 / 25.01.2017
19789

Shavkat Mirziyoyev Bobur ko‘chasidagi bog‘ni «Do‘stlik bog‘i» deb nomlash taklifini kiritdi

Shavkat Mirziyoyev asosiy boyligimiz bo‘lgan va biz haqli ravishda faxrlanadigan ko‘p millatli xalqimizning birdamligi va jipsligini ko‘z qorachig‘idek asrash hamda yanada mustahkamlash O‘zbekistonni o‘z Vatani, deb biladigan har bir insonning muqaddas burchi ekanligini ta'kidladi. 

"Biz faqat shu yo‘l bilan bugungi kunning barcha tahdid va xavf-xatarlariga samarali qarshi turishimiz, jamiyatimizda turli buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi qat'iy immunitet yaratishimiz, o‘zimiz tanlagan demokratik taraqqiyot yo‘lida yanada salmoqli natijalarga erishishimiz mumkin", - dedi davlatimiz rahbari.

Shu munosabat bilan Respublika baynalmilal madaniyat markazi o‘zining ko‘plab tadbirlarini o‘tkazib kelayotgan Bobur ko‘chasidagi bog‘ni «Do‘stlik bog‘i» deb nomlash taklifini kiritdi. 

Bosh vazir A.N.Aripov tegishli idoralar bilan birgalikda, bir oy muddatda mazkur bog‘ hududida O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha elu elat vakillarining o‘ziga xos madaniyati, urf-odatlari va pazandachilik an'analarini namoyish etishi uchun pavilonlar barpo qilish loyihasini ishlab chiqishi zarurligi ta'kidlandi. 
 

Top