16:44 / 25.01.2017
4169

O‘zbekiston TIVda Qirg‘iziston elchisi qabul qilindi

2017 yilning 24 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Qirg‘iziston Respublikasining Favqulodda va Muxtor  elchisi Daniyar Sidikov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati habar bermoqda.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Qirg‘iziston kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilindi hamda bo‘lajak turli darajalardagi uchrashuvlarning jadvali va mavzusi yuzasidan fikr almashildi.

Suhbat chog‘ida davlat rahbarlarining topshiriqlari nuqtai nazaridan ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Top