19:07 / 26.01.2017
24036

Fotojamlanma: Uy hovlisidagi juda ham katta yer o‘pirilishi

AQShning Pensilvaniya shtatidagi uylardan birining hovlisida 25 yanvar kuni chuqurligi 7 metr, kengligi esa 9 metr bo‘lgan katta teshik paydo bo‘ldi. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan, biroq taxminan 60ta uy ta'mirlash ishlari tufayli suv va gazsiz qolgan. Uy egalariga esa omad kulib boqdi, uy ham, uning oldida qoldirilgan avtomobil ham yer tubiga tushib ketmadi. Bu haqda ABC kanali xabar berdi.

Qutqaruvchilar so‘zlariga ko‘ra, ularga tuproq qatlamining o‘pirilishi sababini aniqlash uchun bir necha kun kerak bo‘ladi. Bu vaqt davomida tuman aholisi xavfsiz joyga ko‘chirildi, yaqin atrofdagi yo‘llar esa yopib qo‘yildi. Taxminiy ma'lumotlarga ko‘ra, katta teshik sizot suvlarning katta oqim bilan harakatlanishi tufayli paydo bo‘lgan.

Top