23:40 / 26.01.2017
8722

Ijtimoiy soha obektlariga 1 trillion 840 milliard mablag‘ yo‘naltirildi

O‘zbekistonni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha loyihalar taqdimoti va muhokamasiga doir mediahaftalik bo‘lib o‘tayotgani ko‘pchilikka ayon. 26 yanvar mavzusi ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor  yo‘nalishlariga qaratildi. 

Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri - infratuzilma masalasi. Yo‘llar qurilishi, transport vositalari bilan ta'minlash, bugungi kunda 303 ta yangi marshrutning ishga tushirilishi eng avvalo, qishloq joylardagi aholining o‘z manziliga vaqtida yetib borishiga qaratilgan. Yangi marshrutlardan tashqari yangi bekatlar qurilishi, yangi avtobuslarni sotib olish ko‘zda tutilmoqda. 

Mutaxassislarimizning so‘zlariga ko‘ra, elektr energiyasi va gaz ta'minoti masalasida juda katta dasturlar tuzildi. U yangi quvvatlarni ishga tushirish va bu orqali respublikadagi muammoni hal qilishga qaratilgan. Yangi quvvatlarni ishga tushirish bilan bir qatorda 0,4 va 0,10 simlarni rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan. Shuningdek suyultirilgan gazni yetkazib berish masalasi ko‘rilmoqda, bu turdagi gaz issiqlik tizimini ta'minlashda o‘z o‘rnini topa olmasligi qayd etildi. 

Ko‘mir bilan ta'minlash masalasiga e'tibor qaratish aholini o‘z vaqtida issiqlik tizimi bilan ta'minlashga bog‘liqdir. Hozirgi vaqtda viloyatlarda 84 ta distribyutorlik markazlarining qurilishi bu avvalambor aholiga yaqinlashtirishdir. Eng asosiysi, respublikadagi ko‘mir narxi 24 ming hisobida belgilangan. Bu narx asosida aholiga arzon ko‘mir yetkazib berish imkoni paydo bo‘lishi ta'kidlandi.

Yana bir yo‘nalish - chiqindilar masalasiga alohida e'tibor qaratildi. Bugungi kunda respublika qamrovida 60 foiz chiqindilarni olib chiqib tashlash masalasi yo‘lga qo‘yilgan, 5 yillik dastur asosida bu ko‘rsatkichni 100 foizga ko‘tarish maqsad qilingan. Albatta, bu yo‘nalishda texnikani sotib olish va chiqindini qayta ishlash masalasiga katta e'tibor qaratilganligi aytildi. 

Ijtimoiy sohaga tegishli obektlar soni 1244 ta bo‘ladigan bo‘lsa, 1 trillion 840 milliard mablag‘ aynan shu soha obektlariga yo‘naltiriladi. 

Top