01:55 / 26.01.2017
4900

Kuchli qor sababli Turkish Airlines 327ta reysni bekor qildi

Foto: RIA "Novosti"

Turkiya milliy aviakompaniyasi Turkish Airlines Istanbul aeroportlaridagi payshanba va juma kungi 327ta mahalliy va xorijiy reysni kuchli qor yog‘ishi sababli bekor qildi. Bu haqda kompaniya saytida ma'lum qilindi.

Shuningdek, Turkiyaning boshqa aviakompaniyalari – Pegasus, Atlasglobal va Onurair Istanbul aeroportlaridagi umumiy hisobda 136ta reys bekor qilinganini ma'lum qilgan. 

Top