15:48 / 26.01.2017
35248

«Oskar» olgan eng kassabop filmlar nomi ma'lum qilindi

The Wall Street Journal gazetasi tarixda «Oskar» mukofotini olgan eng kassabop filmlar ro‘yxatini e'lon qildi. Gap «Eng yaxshi film» nominatsiyasi bo‘yicha mazkur mukofotni qo‘lga kiritgan kinokartinalar haqida bormoqda.

Birinchi o‘rinni 1939 yilda ishlangan «Shamollarda qolgan hislarim» filmi egalladi. U mahalliy prokatda 1,7 mlrd dollar pul ishlab topgan.

«Shamollarda qolgan hislarim» (1939)

Ikkinchi o‘rinda esa «Musiqa tovushi» (1965) 1,23 mlrd dollar jamg‘argan holda bormoqda. «Titanik» (1997) esa 1,17 mlrd dollar bilan uchinchi o‘rinni band etgan.

«Musiqa tovushi» (1965)

Kuchli beshlikka, shuningdek, «Ben-Gur» (1959) 848 mln dollar va «Firib» (1973) 771 mln dollar bilan kirgan.

«Titanik» (1997)
«Ben-Gur» (1959)
«Firib» (1973)
Mavzuga oid
Top