11:57 / 26.01.2017
6033

«Paxtakor» nazorat uchrashuvida «Krasnodar»ga mag‘lub bo‘ldi

Dubayda yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan Toshkentning «Paxtakor» klubi navbatdagi nazorat uchrashuvini Rossiyaning «Krasnodar» klubiga qarshi o‘tkazdi.

Uchrashuvda premer-liga vakili «Krasnodar» futbolchilari 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. «Buqalar»ning gollariga Okriashvili va Jigulyov mualliflik qildi.

O‘rtoqlik-nazorat uchrashuvi

Krasnodar (Rossiya) – Paxtakor (O‘zbekiston) – 2:0 (0:0)
Gollar: 
Okriashvili (50), Jigulyov (55).

Krasnodar (1-bo‘lim): Kritsyuk, Ramires, Grankvist, Naldo, Kaleshin, Gazinskiy, Pereyra, Jigulyov, Vanderson, Smolov, Ari.

Krasnodar (2-bo‘lim): Adamov, Goglichidze, Nazarov, Martinovich, Bistrov, Fomin, Morgunov, Jigulev, Okriashvili, Komlichenko, Vanderson (Laborde, 60).

Paxtakor: Lobanov, Andreyev, Tojiyev, Bulyat, Hoshimov, A. Ahmedov, Sohibov, Masharipov, Iskanderov, Karimov, Sergeyev.

Top