13:25 / 26.01.2017
10765

Ronaldu tanqidchilarni xursand qilish uchun futbol o‘ynamasligini aytdi

Madridning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu so‘nggi paytlarda madridlik muxlislar ham unga nisbatan hushtakbozlik qilayotgani haqida gapirib, tanqidlarga e'tibor qaratmasligini aytib o‘tdi. 

«Men tribunalardan bo‘layotgan hushtakbozliklarga qarshi emasman. Barcha futbolchilarni kimdir bir yoki bir necha sabablarga ko‘ra yomon ko‘radi. Futbolni tanqidchilarimni xursand qilish uchun o‘ynamayman. Men o‘z muxlislarimni, meni hurmat qiladigan, qo‘llab-quvvatlaydiganlarni xursand qilish uchun harakat qilaman», – deya Ronalduning so‘zlarini keltiradi As nashri.

Mavzuga oid
Top