08:45 / 26.01.2017
6167

Saudiya Arabistoni HHK F-15SA qiruvchi samolyotlarini qabul qildi

Foto: AP

Amerikaning eng yangi to‘rtinchi avlod F-15SA qiruvchi samolyotlari Saudiya Arabistoni harbiy-havo kuchlari safiga qo‘shila boshladi. Mazkur samolyotlarni yetkazib berish Amerika jangovar texnikalarini boshqa mamlakatlarga yetkazib berish bo‘yicha eng yirik bitimlardan biri doirasida amalga oshirilmoqda, deb xabar qilmoqda Saudiya yangiliklar agentligi.
 
7 yil muqaddam, Barak Obama yetakchiligidagi AQSh ma'muriyati 60 mlrd dollarlik 84 dona F-15SA qiruvchi samolyotlarini Saudiya podshohligiga yetkazib berish bo‘yicha shartnomani ma'qullagan edi. 

Saudiya Arabistoni F-15SA qiruvchi samolyotlari harbiy-havo kuchlari parkini yangilash dasturi bo‘yicha olib kelinmoqda. 

Top