17:42 / 26.01.2017
8453

Shavkat Mirziyoyev Italiya prezidentiga chuqur ta'ziya izhor etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarellaga Italiyaning markaziy qismida qutqaruv xizmati vertolyotining halokatga uchrashi oqibatida insonlar halok bo‘lishi munosabati bilan chuqur ta'ziya izhor etdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlatimiz rahbari qurbon bo‘lganlarning oila a'zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik va dalda so‘zlarini yetkazishni so‘radi.

Top