18:45 / 26.01.2017
88854

Video: Folbinni yashirin kamera orqali fosh qilishdi

Bugun mahallalarda yoki ko‘p qavatli uy binolaridagi folbinlarning eshigi oldida navbatda turgan kishilarni tez-tez uchratish mumkin.  Ularning xuddiki mushkulini oson qilishga shaylangan folbinlar ham afsuski ko‘plab topiladi.

Go‘yoki odamlar og‘irini yengil qilishga bel bog‘lagan qo‘shtirnoq ichidagi tadbirkorlarning asl maqsadi pul topishdir. 

Bugun eng bozori chaqqon folbinga tushadigan kunlik daromadni taxminan hisob-kitob qilib ko‘ramiz – 1 kunda 10 kishi kirishi uchun 21 ming so‘mdan. 10ni esa 21 mingga ko‘paytiramiz – 210 000 so‘m. 

Beshta ishlarni yuritadigan duolar – 300 AQSh dollari. Beshni 300ga ko‘paytiramiz – 1500 AQSh dollari. Beshta issiqlik duosi – 200 AQSh dollari. Beshni 200ga ko‘paytiramiz – 1000 AQSh dollari. Beshta sovuqlik duosi – 200 AQSh dollari. Beshni yana 200ga ko‘paytiramiz – 1000 AQSh dollari.

Daromadning jami ko‘rsatkichlarini chiqarishni o‘zingizga havola qildik. Biz esa folbin mijoziga aylangan kishilarning qancha mashaqqatlar bilan topgan halol daromadi o‘z oilasiga emas, folbinning mavhum bashoratlari-yu, duo jodulariga sarf bo‘layotganini eslatib qo‘ymoqchimiz, xolos.

Quyida Toshkent shahridagi folbinlardan birining yashirin kamera orqali fosh qilinishi yozib olingan videolavhani e'tiboringizga havola etamiz.


 

Top