09:43 / 27.01.2017
3716

AQSh chegara xizmati rahbari yangi ma'muriyat talabi bilan iste'foga chiqdi

foto: AP

AQSh chegara xizmati rahbari Mark Morgan yangi ma'muriyati talabi bilan iste'foga chiqdi. Bu haqda Accociated Press agentligi xabar qilmoqda. 

AQSh prezidenti Donald Tramp chegaralarni qo‘riqlash bo‘yicha choralarni kuchaytirishga doir farmonni imzolaganidan so‘ng, bir kun o‘tgach ushbu xabar paydo bo‘lgan edi. Biroq, uning o‘z xohishi bilan ishdan ketgani noma'lum qolayotgandi. Taxminlarga ko‘ra, chegarachilar soni 5000 kishiga ko‘paytiriladi. 

Agentlikka ko‘ra, Morgan xodimlari bilan o‘tkazgan qisqa videokonferensiyada, undan ketishni so‘rashganini aytgan. U xizmat rahbarligini saqlab qolish uchun kurashmaslikka qaror qilgan. 

FQBning sobiq xodimi Mark Morgan 2016 yil oktabrida chegara xizmati rahbari bo‘lgandi. Agentlik Morganning iste'fosini, Tramp saylovoldi kampaniyasi chog‘ida uni faol qo‘llab-quvvatlagan chegarachilar kasaba uyushmasi va Morgan o‘rtasidagi kelishmovchilik bilan izohlamoqda. Xabarlarga ko‘ra, kasaba uyushmasi yetakchilari, chegara xizmatiga ayni xizmat vakili rahbarlik qilishini xohlashadi. 

Top