04:42 / 27.01.2017
11238

Angliya Liga kubogi. Pogba "MYu"ni finalga olib chiqdi

Angliya Liga kubogi yarim finalining javob o‘yinida "Hall Siti" o‘z maydonida "Manchester Yunayted"ni qabul qildi. Uchrashuv 2:1 hisobida mezbonlar foydasiga yakunlangan bo‘lsa-da, birinchi uchrashuvdagi 2:0 hisobidagi g‘alaba evaziga "MYu" finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 

O‘yinning 35-daqiqasida Xaddlstoun penaltini aniq amalga oshirib, mezbonlarni oldinga olib chiqdi. 66-daqiqada Pogba oradagi farqni tenglashtirdi. O‘yinning so‘nggi daqiqalarida Nyasse tomonidan kiritilgan gol mezbonlarga g‘alaba keltirdi. 

Finalda "MYu" "Sauthempton" bilan kuch sinashadi. Uchrashuv 26 fevral kuni "Uembli"da bo‘lib o‘tadi. 

Hall Siti – Manchester Yunayted 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar:
1:0 – 35, penalti Xaddlstoun, 1:1 – 66 Pogba, 2:1 – 85 Nyasse.
Hall Siti – Marshall, Douson, Maguayr, Taymon, Meyler, Melouni (Evandro, 64), Xaddlstoun, Klukas, Nyasse, Diomande (Ernandes, 70), Bouen (Markovich, 59).
Manchester Yunayted – De Xea, Jons, Roxo, Darmian, Smolling, Lingard (Runi, 79), Kerrik, Errera, Pogba, Reshford (Fellayni, 90), Ibrahimovich.
Ogohlantirishlar: Jons (11), Roxo (87).

Top