09:28 / 27.01.2017
14326

Dubayda baxt fabrikasi ochildi

Dubayda dunyodagi eng yaxshi davlat xizmatlarini ishlab chiqarish va taqdim etish asosiy vazifasi bo‘lgan iste'molchilar baxt fabrikasi ochildi. Yangi kompaniyani ochilish marosimida vitse-prezident, BAA bosh vaziri va Dubay hokimi Muhammad bin Rashid Al Maktum amirlik davlat organlari tomonidan ko‘rsatilayotgan ish sur'atini jadallashtirish va xizmatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. 

Oldinga qo‘yilgan maqsadlar yaqin ikki yil ichida amalga oshirilishi zarur. «Bizning hukumat idoralarimiz yaqin ikki yil davomida dunyodagi eng yaxshi davlat xizmatlarini taqdim etishini istayman. Biz barcha tashkilotlardan yangi fabrikaning ijodiy va innovatsion g‘oyalariga asoslanib, xizmatlar yetkazishni takomillashtirish bo‘yicha barcha zaruriy harakatlarni kutib qolamiz», - deya qayd etdi shayx Muhammad. 

Dubay hokimi taqdim etilayotgan davlat xizmatlari yaxshilanishini shaxsan o‘zi nazorat qilishini ta'kidlab o‘tdi. 

Shayx Muhammad iste'molchilar baxti hukumat idoralari uchun eng muhim ustuvor masalalardan ekanligini qayd etdi. «Hukumat insonlarga xizmat qilish, ularga o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishda yordam berish uchun mavjuddir. Istalgan hukumatning asosiy vazifasi – insonlarni baxtli qilish, ularning intilishlarini amalga oshirish va umidlarini oqlash», - deya izohladi BAA prezidenti o‘rinbosari. 

Iste'molchilar baxti fabrikasi – amirlikning ajoyib tashabbusi bo‘lib, maqsadlarga erishish uchun jamoaviy ishlashni talab qiladi va mamlakat hamda milliy g‘oyalarni rivojlantirish bo‘yicha hukumat qarashlariga mas'ul hisoblanadi. Shu kuni shayx Muhammad xususiy sektor korxonalarida ish bilan ta'minlash bo‘yicha yoshlarning imkoniyatini oshirish to‘g‘risida bitim imzoladi. 

Top