10:19 / 27.01.2017
7461

Dubaylik baliq sotuvchi ko‘knor sotgani uchun umrbod qamoq jazosiga mahkum qilindi

Dubayda 53 yoshli bangladeshlik baliq sotuvchi va uning ikki hamyurti Al Ras tumanida joylashgan baliq do‘konida giyohvand moddalar sotgani uchun umrbod qamoq jazosiga mahkum qilindilar.

2015 yil aprelda Dubay politsiyasining giyohvand moddalarga qarshi kurash bo‘limi xodimlari sotuvchi o‘z do‘konida ikki hamyurti yordamida giyohvand modda sotayotganini aniqlashgan. Shu yilning 1 dekabrida politsiyachilar do‘konga bostirib qirib, ayblanuvchilarni hibsga olishgan.

"Do‘kon egasi politsiyachilarga 5,5 kg ko‘knor urug‘i solingan plastik paket va qutilarni o‘z qo‘llari bilan topshirgan", deb aytilmoqda xabarda.

Ma'lum qilinishicha, ayblanuvchi ko‘knor BAAda taqiqlanganini bila turib, 6 oy davomida uni sotish bilan shug‘ullangan.

Ko‘knor yetkazib beruvchi deya taxmin qilingan kimsa ertasi kuni Al Sabkha tumanidagi do‘konida qo‘lga olingan. U ayblanuvchini tanishini va unga giyohvand moddalar sotganini rad etgan. Politsiya uning do‘konida taqiqlangan moddalar aniqlay olmagan.

Mavzuga oid
Top