00:46 / 27.01.2017
7110

Misrlik talabalardan qaysi dinga mansubliklari so‘ralmaydigan bo‘ldi

Foto: © EAST NEWS

Misrning Ayn-Shams va Qohira universitetlariga kirish anketalarida talabalarning  qaysi dinga mansubligi haqidagi savol olib tashlandi. Bu akademik muhitda diniy kamsitishlarning oldini olish maqsadida qilinmoqda, deb xabar bermoqda universityworldnews.com nashri.

Ayn-Shams universiteti Qohirada joylashgan bo‘lib, u Qohira universiteti qo‘llagan usulni qo‘lladi. Talabalar orasida diniy tengsizlikning oldini olish maqsadida kirish anketalaridan dinga oid savollar olib tashlandi. 

"Talabalardan ularning diniga oid savol-javob o‘tkazishdan xech qanday ma'no yo‘q. Anketadagi bu kabi savollar eskirgan. Qo‘limizda institut rektorining so‘rovnomalarni yangilash to‘g‘risidagi qarori bor" deb aytdi Ayn-Shams universiteti san'at fakulteti dekani Suzan Elkallini.

Diniy mansublik haqidagi savol Misrning turli muassasasalaridagi rasmiy hujjatlarda ko‘p so‘raladigan savoldir. Bundan tashqari, dinga mansublikni nafaqat oliy ta'lim muassasasini bitirganlik haqidagi guvohnomalarda, balki tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma, ID-kartalar va boshqa rasmiy hujjatlarda ko‘rsatish qabul qilingan.

Mavzuga oid
Top