22:30 / 27.01.2017
3746

Shell Shimoliy dengizdagi 3 mlrd dollarlik aktivini sotmoqda

Shell neft-gaz kompaniyasi Shimoliy dengizdagi o‘z aktivlarining 3 mlrd dollarlik katta qismini sotmoqchi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.     

Britan-niderland kompaniyasi aktivlarini Shimoliy dengizda konlarni o‘zlashtirish bilan shug‘ullanuvchi Chrysaor neft kompaniyasi sotib oladi. 

Chrysaor xaridni EIG Partners investitsion firmasi orqali o‘tkazmoqchi.

Shell o‘z aktivlarini BG Group’ni 43 mlrd dollarga sotib olgani sababli qarzni uzish va xarajatlarni kamaytirish maqsadida sotmoqda. 

Mavzuga oid
Top