09:27 / 28.01.2017
5073

Arsen Venger 4-hakamni turtgani uchun 4ta uchrashuvga chetlatildi

«Arsenal» bosh murabbiyi Arsen Venger «Byornli»ga qarshi APL doirasidagi uchrashuvda (2:1) qilgan harakatlari uchun 4ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi.

Frantsuz mutaxassisi bahsning 92-daqiqasida uchrashuvning 4-hakamini turtgani uchun shunday jazoga loyiq ko‘rildi. O‘shanda Venger «Arsenal» darvozasiga belgilangan penaltidan norozi bo‘lib, hakamga e'tiroz bildirgan, bosh hakam esa uni maydondan chetlatgandi. Biroq Venger maydonni tark etishni istamagan va uni bunga chorlagan zaxira hakamini bir necha marta turtib yuborgandi.

Tribuna.uz  yozishicha, Arsen jamoasining Angliya kubogidagi «Sauthempton»ga, shuningdek, APL doirasidagi «Uotford», «Chelsi» va «Hall»ga qarshi uchrashuvlarini o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri keladi.

Bundan tashqari, Venger 25 ming funt sterling (100 mingning 4dan 1 qismi) miqdorida jarimaga tortilgan.

Top