10:08 / 28.01.2017
7739

Britaniyalik taniqli aktyor Jon Xyort vafot etdi

Britaniyalik taniqli aktyor Jon Xyort 77 yoshida vafot etdi, deb xabar berdi 28 yanvarda Hollywood Reporter nashri.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, 2015 yil iyunda aktyorda oshqozonosti bezi saratoni aniqlangan. 

Independent britan nashrining ma'lum qilishicha, aktyor ma'lum vaqtdan keyin saratonni yenga olgandi. 

Xyort Garri Potter haqidagi filmlar orqali ma'lum. U bu filmlarda sehrli tayoqchalar do‘koni egasi janob Ollivander rolini ijro etgan. U shuningdek "Yarim tungi ekspress", "1984", "Begona", " V — vendetta degani", "Indiana Jons va billur bosh suyagi qirolligi" va boshqa ko‘plab filmlarda rollar ijro etgan. 2014 yilda ritsar unvoni bilan taqdirlangan.

Xyort 4 marta BAFTA mukofotiga va bir marotaba "Oltin globus" mukofotiga loyiq deb topilgan.

Mavzuga oid
Top