11:24 / 28.01.2017
6014

Dreamworks asoschilaridan biri yangi medialoyihalar sarmoyasiga 600 mln dollar mablag‘ kiritdi

WndrCo kompaniyasi Dreamworks kinostudiyasi asoschilaridan biri Jyeffri Kattsenberg yangi medialoyihalarni moliyalashtirish uchun 591,5 mln dollar sarmoya ajratdi. Bu haqda Variety WndrCo kompaniyasining AQSh qimmatli qog‘oz va birjalari kommissiyasi (SEC) uchun taqdim etgan hujjatlariga asoslanib xabar beradi.

WndrCo Barri Dillerning media, ko‘ngilochar va sayohat sohasidagi loyihalarga sarmoya kirituvchi IAC kompaniyasiga o‘xshab ishlashni boshlaydi. Shu o‘rinda, IAC kompaniyasi Vimeo, About.com va CollegeHumor'dagi ulushlarga egalik qiladi.

Moliyalashtirish bosqichida 18 sarmoyachi ishtirok etgan, ularning nomi hujjatlarda oshkor etilmagan. Sarmoyalarning eng kam qiymati 25 mln dollarni tashkil etadi. Variety ma'lumotiga ko‘ra, WndrCo 700 mln dollardan ortiq mablag‘ kiritishni rejalashtirgan.

WndrCo Beverli-Xillzda ro‘yxatdan o‘tgan. Kattsenberg hujjatda WndrCo menejyeri sifatida ko‘rsatilgan. Shuningdek, kompaniya xodimlari orasida DreamWorks Animation studiyasining sobiq prezidenti Enn Deyli va Dropbox sobiq moliyaviy rahbari Sudjyey Jyesv ham sanab o‘tilgan.

1984-1994 yillarda Jyeffri Kattsenberg The Walt Disney Company direktorlar kengashini boshqargan. 1994 yilda Kattsenberg Stiven Spilberg va Devid Geffen bilan birgalikda DreamWorks SKG kinokompaniyasiga asos soladi. U 2004 yilda alohida kompaniya bo‘lib ajralib chiqqan Dreamworks Animation'ga rahbarlik qilgan.

2016 yilning aprelida Comcast korporatsiyasiga tegishli NBCUniversal kompaniyasi Dreamworks Animation'ni 3,8 mlrd dollar qiymatida o‘zlashtirib oldi. Bitim yakuniga ko‘ra, Kattsenberg  AwesomenessTV va Nova medialoyihalarining rivojlanishi bilan shug‘ullanuvchi DreamWorks New Media nomi ostidagi yangi kompaniyani boshqara boshladi. 
 

Mavzuga oid
Top