01:48 / 28.01.2017
36439

Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyati faollari bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 yanvar kuni joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishish maqsadida Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi. O‘zA agentligi xabar berishicha, Davlat rahbari safari davomida viloyatning qator tumanlaridagi ahvol bilan tanishdi. 

Urganch shahrida Xorazm viloyati faollari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada oshirish, yosh avlodni tarbiyalash va ish bilan ta'minlash masalalariga alohida e'tibor qaratildi. 

Prezidentimizning Xorazm viloyatiga tashrifi davomida bo‘lib o‘tayotgan uchrashuv va suhbatlar Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida aholi bilan doimiy muloqot olib borishning amaliy isboti bo‘lmoqda. Bunday muloqotlar nafaqat Xorazm ahli, balki butun xalqimiz ko‘nglini ko‘tarib, ertangi kunga ishonchini yanada mustahkamlamoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga tashrifi davom etmoqda.

 

Top