00:06 / 28.01.2017
46239

Shavkat Mirziyoyev navbatdagi safarini Xorazm viloyatiga amalga oshirdi

Foto: uza.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 27 yanvar kuni Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zA agentligi xabar bermoqda.

Mamlakatimizning izchil taraqqiyoti Xorazm viloyatida ham ulkan o‘zgarishlarga zamin yaratdi. Shaharu tumanlarda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, istiqbolli investitsiyaviy loyihalar amalga oshirildi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2012 yil 22 noyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan 2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturi doirasida 308 million dollardan ortiq investitsiya hisobidan 432 sanoat korxonasi tashkil etildi. 

Shavkat Mirziyoyev 2016 yil 11 noyabr kuni Shovot tumanida bo‘lib o‘tgan saylovoldi uchrashuvida mamlakatimizning barcha hududlari qatori Xorazm viloyati iqtisodiyotini ham modernizatsiya qilish, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, tibbiyot, turizm, san'at va boshqa sohalarni yanada rivojlantirishga oid aniq rejalarni bayon etgan edi. 

Davlatimiz rahbarining Xorazm viloyatiga tashrifi ana shu rejalar qanday amalga oshirilayotgani bilan tanishish, hudud taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarish masalalariga bag‘ishlandi. 

Top