23:56 / 28.01.2017
24594

Jahon hafta ichida:Trampning shov-shuvli farmonlari, Suriya bo‘yicha tarixiy muzokara va boshqa xabarlar talqini

O‘tgan hafta mobaynida xalqaro hayotda muhim voqealar sodir bo‘ldi. Ana shu xabarlarning eng muhim va qiziqarlilari haftalik dayjestda.

Suriya masalasi bo‘yicha Ostona muzokarasi

24 yanvarda Ostonadagi Suriya bo‘yicha muzokaralar o‘z poyoniga yetdi. Rossiya, Turkiya va Eron tashqi ishlar vazirliklari Suriya masalasini harbiy yo‘l bilan hal qilishning iloji yo‘qligi haqida umumiy fikrga kelishdi. Yig‘ilishda Rossiya Suriyaning yangi konstitutsiyasi loyihasini muxolifatga topshirdi

Donald Trampdan shov-shuvli qarorlar

Donald Tramp 2017 yil 20 yanvarida AQSh prezidenti lavozimiga kirishdi. Vakolatlarini bajarayotganiga bir hafta bo‘lishiga qaramay, shov-shuvli bayonot va ko‘rsatmalar berishga ulgurdi. Uning barcha tashabbuslari u yoki bu ma'noda saylovoldi kampaniyasi chog‘ida berilgan va'dalar bilan bog‘liq va Barak Obamaning siyosatini keskin o‘zgartirib yubordi

23 yanvar kuni AQShning yangi prezidenti Donald Tramp saylovoldi kampaniyasida bergan asosiy va'dalarini bajarishga kirishdi. Dastlab u Qo‘shma Shtatlarning Transtinchokeani hamkorligidan chiqishi xususidagi farmonni imzoladi. Bu qanday natijaga olib keladi: kim foyda topadi-yu, kim zarar ko‘radi?

U juma kuni mamlakat tomonidan 120 kunga qochqinlarni qabul qilishni to‘xtatish haqidagi farmonga imzo chekdi.

Tramp qochqinlik maqomi berilgan murojaatlarni ko‘rib chiqishda suriyalik nasroniylarga ko‘proq e'tibor qaratishi haqida ma'lum qildi.

Boshqa xabarlar

Rossiyaning Checheniston respublikasi rahbari Ramzan Qodirov maktablarda hijob o‘rab yurishga qarshi chiqayotganlarni bu masala emas, balki umumiy o‘rta ta'lim maskanlaridagi ijtimoiy holatlar tashvishga solishi kerak, degan fikrda.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin metsenat (ko‘p hadyalar beruvchi kishi) Alisher Usmonov va "Gruppa kompaniy "Renova" direktorlar kengashi raisi Viktor Vekselbergning samarali xizmatlarini taqdirladi. Putin ularga "Za blagodeyaniye" (Xayrli ishlari uchun) ko‘krak nishonlarini topshirdi.

Islomni qabul qilgani aytilayotgan aktrisa Lindsi Lohan Erdo‘g‘an bilan uchrashdi. Turkiya poytaxtidagi prezidentlik saroyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, shuningdek, prezident rafiqasi Amina Erdo‘g‘an va Halablik yetti yoshli qizcha Bana al-Obod onasi bilan birga ishtirok etgan.

Qatarlik 15 yoshli G‘anim al-Muftah kam uchraydigan kasallikka chalingan. Ilk marotaba Umra ziyoratiga kelgan G‘anim Ka'bani tavof qilish chog‘ida nogironlik aravachasidan voz kechdi va buni qo‘llari bilan ado etdi. Uning bu niyatini amalga oshirishiga Turizm va milliy meros bo‘yicha Saudiya komissiyasi boshqaruvi raisi shahzoda Sulton bin Salmonning shaxsan o‘zi bosh-qosh bo‘ldi. Video

O‘sh shahrida 30 yildan buyon 61-sonli «Ak Karkira» bolalar munitsipal bog‘chasi faoliyat ko‘rsatib keladi. Bu yerda bolalarni chiniqtirish uchun valeologik ta'lim-tarbiyaga tayaniladi - ochiq havoda boshdan sovuq suv quyish.

Sport va texnologiya

Samsung Galaxy Note 7 smartfonlarining yonib ketishiga nima sabab bo‘lganini ma'lum qildi. Aniq ma'lumotlarga ko‘ra...

Madridning «Real» klubi Yaqin Sharq mamlakatlarida o‘z mahsulotlarini sotish maqsadida atributikasiga joylashtirilgan klub ramzidan xoch tasvirini olib tashlaydi.

«Barselona» hujumchi Lionel Messiga taklif qilgan yangi shartnomada qancha miqdorda maosh qayd qilingani ma'lum bo‘ldi.

Top