02:37 / 29.01.2017
15008

AQSh va Rossiya savdo-iqtisodiy aloqalarni tiklashi mumkin

Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda AQSh yetakchisi Donald Tramp o‘rtasida 28 yanvar kuni telefon suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda ikki tomonga ham foydali bo‘lgan savdo-iqtisodiy aloqalarning muhimligi ta'kidlandi. Bu haqda Kreml xabarida ma'lum qilindi. 

"Suhbat davomida ikki tomon ham Rossiya va Amerika o‘zaro aloqalarini barqarorlashtirish va rivojlantirish borasida faol hamkorlik qilishga tayyorligini namoyish qildi", – deyiladi xabarda. 

Top