23:27 / 29.01.2017
5326

Yaponiyalik suzuvchi brass usulida suzishda jahon rekordi o‘rnatdi

Foto: Reuters

Yaponiyalik suzuvchi Ippey Vatanabe 200 metr masofaga brass usulida suzishda Tokiodagi musobaqada 50 metrlik suv havzasida jahon rekordini yangiladi. Bu haqda 29 yanvarda "R-Sport" nashri xabar bermoqda.

19 yoshli Vatanabe belgilangan masofani 2 daqiqa 6,67 soniyada suzib o‘tib, bu masofani 2 daqiqa 7 soniyadan tezroq suzib o‘tgan birinchi sportchi bo‘ldi. Rio-de-Janeyrodagi Olimpiadada yaponiyalik ushbu masofani yarim finalda 2:07,22 daqiqada suzib o‘tib, Olimpiada rekordini o‘rnatgandi. Biroq finalda 6-o‘rinni egallagan.

Avvalgi rekord (2.07,01) ham yaponiyalik sportchi Akixiro Yamaguchiga tegishli bo‘lgan va 2012 yil sentabrda o‘rnatilgan.  

2014 yilda Vatanabe Xitoydagi o‘smirlar Olimpiada o‘yinlarida oltin medal qo‘lga kiritgandi.

Top