16:20 / 29.01.2017
19515

Konor Makgregor Meyvezer bilan ringga ko‘tarilish sanasiga oydinlik kiritdi

Irlandiyalik aralash jang san'ati ustasi Konor Makgregorning ma'lum qilishicha, uning amerikalik bokschi kichik Floyd Meyvezer bilan boks qoidalari asosida o‘tkaziladigan jangi 2017 yil oxiri yoki 2018 yil boshida bo‘lib o‘tadi.

«Bu milliard tikilgan birinchi jang bo‘ladi, deb hisoblayman. O‘ylaymanki, bu joriy yilning so‘ngida yoki kelayotgan yilning boshida o‘tkaziladi.

Las-Vegasga boraman va u yerdan bokschilik litsenziyasini olaman. Shundan so‘ng, Floydning nimalarga qodirligini ko‘ramiz. Umid qilamanki, keyingi jangni boks qoidalariga muvofiq o‘tkazaman», — deb uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan Worldboxingnews nashri.

Avvalroq Meyvezer ushbu jangni o‘tkazish uchun Makgregorga 15 mln dollar taklif qilgan edi.

Mavzuga oid
Top