16:01 / 29.01.2017
9586

Ronaldino hech qachon murabbiy bo‘lmasligi sababini aytdi

Braziliyalik mashhur futbolchi Ronaldino hech qachon murabbiy bo‘lmasligini tushunib yetgani haqida gapirib o‘tdi.

«90 daqiqa davomida o‘yinni kuzatib tura olmayman, sababi bu vaqt davomida qattiq xavotir olishimga to‘g‘ri keladi. Menga eng yaxshi vaziyatlar va gollarni tomosha qilish yoqadi xolos. Mana nima sababdan men hech qachon murabbiy bo‘lmayman» - deya Ronaldinoning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz.

36 yoshli futbolchi 2015 yilda «Fluminense»ni tark etganidan buyon futbol o‘ynagani yo‘q. Biroq u yaqin vaqtlarda faoliyatini qayta tiklash niyatida yuribdi.

Mavzuga oid
Top