10:06 / 29.01.2017
8237

Tramp IShIDga qarshi kurashda yangi hamkorlarni topishni buyurdi

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Tramp IShID jangarilariga qarshi kurash olib borayotgan xalqaro koalitsiya bo‘yicha yangi hamkorlarni topishni buyurdi. Bu haqda Oq uy saytida chop etilgan memorandumda ma'lum qilingan.

Memorandumda AQSh mudofaa vaziri boshqa maxsus xizmatlar bilan birgalikda 30 kun ichida IShID ustidan g‘alaba qozonishning birlamchi loyihasini ishlab chiqishi kerakligi ko‘rsatilgan. Reja terrorchilar ustidan g‘alaba qilishning kompleks strategiyasi, oshkora diplomatiya, "IShID va uning radikal mafkurasini yakkalash uchun axborot operatsiyalari va kiberstrategiyani" o‘z ichiga olishi kerak. 

Tramp, shuningdek, IShIDni moliyaviy ko‘makdan mahrum qiluvchi mexanizmlarni ishlab chiqishni buyurdi.

Top