12:35 / 30.01.2017
8960

Amerikalik geologlar Arizona shtatidagi ulkan yoriqni videoga oldilar

Internetda AQShning Arizona shtatida yer po‘stlog‘ida hosil bo‘lgan ulkan yoriq videosi paydo bo‘ldi.  

Tabiat anomaliyasini shtat geologik xizmati xodimlari dron yordamida suratga olishgan, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri.

Nashrning yozishicha, yoriq Sonora cho‘lida paydo bo‘lgan. Uning uzunligi 3 km ni, eni esa ba'zi joylarda 5 metrgachani tashkil qilmoqda.  

Olimlarning aytishicha, yoriq 2013 yilda paydo bo‘lgan, biroq u 2014 yil yozidagi yomg‘irlardan keyin faol tarzda kengaya boshlagan.

Arizona geologik xizmati mahalliy fermerlarni yoriq yonida yurish xavfli ekanidan ogohlantirdi va ularni bu hududga yaqin joyda chorvani boqmaslikka chaqirdi. 

Mavzuga oid
Top