16:38 / 30.01.2017
8245

Angliya terma jamoasining 2016 yildagi eng yaxshi futbolchisi nomi e'lon qilindi

«Liverpul» klubi yarimhimoyachisi Adam Lallana Angliya terma jamoasining 2016 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

FA sayti xabariga ko‘ra, Lallana so‘rovnomada 39 foiz ovoz to‘pladi va «Lester Siti» hujumchisi Jyeymi Vardi (12 foiz) hamda «Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runini (8 foiz) ortda qoldirdi.

Angliya yoshlar terma jamoasidagi eng yaxshi futbolchi uchun sovrin esa «Sauthempton» futbolchisi Neytan Redmondga nasib qildi.

Top