20:49 / 30.01.2017
12095

Donbassda bir kunda 25 ukrainalik harbiy halok bo‘lgani ma'lum qilindi

Ukrainaning Donbassidagi jangovar harakatlar oqibatida o‘tgan bir kun ichida 25 nafar ukrainalik harbiy halok bo‘ldi va 40 dan ko‘prog‘i yaralandi, deb ma'lum qildi tan olinmagan Donetsk xalq respublikasi vakili Eduard Basurin.

"Bizda mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, artilleriya o‘q-dorilari detonatsiya qilishi oqibatida 152-millimetrli "Giatsint-B" gaubitsalari ikki raschyotining butun shaxsiy tarkibi halok bo‘ldi. Bu raschyotlar Makeyevkaning tinch aholisiga zarbalar bergan. Hammasi bo‘lib bir kunda 25 ukrainalik harbiy halok bo‘lgan", deb aytgan Basurin.

Top