16:50 / 30.01.2017
8749

Kreml ma'muriyati Putin va Tramp muloqotiga baho berdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Donald Trampning telefon orqali muloqoti amaliy ruhda bo‘lib o‘tdi. Tomonlar murakkab masalalarni muloqot orqali hal qilishga kelishib olishdi, degan Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlar bilan muloqotida.

"Suhbat yaxshi o‘tdi, qator mintaqaviy va xalqaro xavfsizlik masalalarini muhokama qilishni boshlashga poydevor qo‘yish nuqtainazaridan ham, shu bilan birga, asosiy e'tiborni xalqaro terrorizmga qarshi kurashga qaratish jihatidan ham amaliy bo‘ldi. Davlat rahbarlarining ikki tomonlama munosabatlarda o‘zaro hurmat zarurligini e'tirof etishgani ijobiy bo‘ldi. Ta'kidlanishicha, amerikaliklar Rossiyaga hurmat bilan yondashadi, Putin ham rossiyaliklar xuddi shunday qarashda ekanliklarini qayd etdi. Bu ma'noda, suhbat muhim ahamiyat kasb etdi", — degan Peskov Rossiya va AQSh davlat rahbarlarining 28 yanvardagi telefon orqali muloqoti xususida. 

"Bilasizmi, o‘tgan yillar mobaynida o‘zaro hurmatning tanqisligi munosabatlarimizda orqaga chekinishga sabab bo‘lgan edi", — deya qo‘shimcha qilgan Peskov. 

Top