13:09 / 31.01.2017
6225

Eron Trampning muhojirlik siyosatiga nisbatan javob choralarini qo‘llaydi

Foto: Fotolia

Tehron AQSh prezidenti Donald Trampning muhojirlik siyosatiga qarshi javob choralarini qabul qiladi. Bu haqda Mehr agentligi Eron tashqi ishlar vazirligi vakili Bahrom Hoshimiyga asosan xabar berdi.

Diplomat so‘zlariga ko‘ra, hamkasblari Eronning butun dunyodagi elchilariga yuboriladigan maxsus yo‘riqnoma tayyorlashgan.

«Bu yo‘riqnomalar xorijda istiqomat qiluvchi va ayniqsa AQShda qiyinchiliklarga duch kelish ehtimoli bor eronliklar sharafi va qadr-qimmatini hurmat qilish haqida», - deya ta'kidlab o‘tdi u.

Avvalroq Tramp farmoniga ko‘ra AQSh hududiga Suriya, Yaman, Sudan, Liviya, Somali, Iroq va Eron fuqarolarining kirishiga cheklov qo‘yilgandi. Keyinchalik Iroq parlamenti ham Trampning muhojirlik siyosatiga nisbatan javob choralarini qabul qilishga ovoz berdi.

Mavzuga oid
Top