Kanadaning Kvebek viloyati politsiyasi Kvebek-Sitidagi masjidga hujum qilgan jinoyatchi shaxsini tasdiqladi.
Ta'kidlanishicha, terakt ijrochisi 27 yoshli kanadalik Aleksandr Bissonnett bo‘lib chiqqan. Politsiya unga 6 ta qotillik va 5 ta qotillikka urinish bo‘yicha ayblov e'lon qildi.
29 yanvarda xufton namozi vaqtida masjidga uyushtirilgan hujum oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi, 18 kishi yaralandi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, 5 nafar jabrlangan shifoxonada qolmoqda, ulardan ikki nafarining ahvoli og‘ir deya baholanmoqda.