17:50 / 31.01.2017
10524

Notarius lavozimiga nomzodlar uchun imtihonlar murakkablashtirildi

Adliya vazirining buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2165-7, 2017 yil 23 yanvar) bilan Notarius lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Norma.uz xabar berdi.

Endilikda talabgorlarga tanlovning birinchi bosqichida 50 ta test savolini yechish uchun 60 daqiqa (ilgari – 100 daqiqa) beriladi.
 
Shuningdek tanlovning ikkinchi bosqichida biletdagi 5 ta savolga yozma javob yozish va og‘zaki javobga tayyorlanish uchun 1,5 soat (ilgari – 2 soat) vaqt ajratiladi.
 
Xabarda qayd etilishicha, hujjat davlat tilida qabul qilingan va 2017 yil 30 yanvarda kuchga kirdi.

Top