08:06 / 31.01.2017
11388

Ta'sirli video: Delfin g‘avvos-ovchilardan o‘z bolasini qutqarishga harakat qilmoqda

Ushbu ta'sirli video tarmoqda 21 yanvar kuni paydo bo‘ldi va bir necha kun davomida million marotaba tomosha qilindi.

Hodisa Yaponiyaning Taydzi qishlog‘ida 1969 yildan beri har yili tashkillashtirib kelinadigan delfinlarga ommaviy ov vaqtida ro‘y  berdi.

Videoyozuvda ona jonivor kichik delfinni ovchilardan himoya qilishga bor kuchi bilan harakat qilgani, biroq ular baribir uni o‘zlari bilan olib, qayiqda suzib ketishgani tasvirlangan.

Tasvirda shuningdek ayol tovushini ham eshitish mumkin. U “Xudoyim, onasi uning ortidan kelishga harakat qilmoqda!” degan.

Ma'lumki, tutib olingan jonivorlar keyinchalik Yaponiya okeanaruim va dengiz bog‘larida saqlash uchun sotib yuboriladi.

- Agarda siz haqiqatdan ham delfinlarni yaxshi ko‘rsangiz, dengiz bog‘lari va okeanariumlarga kirish uchun chiptaga pul to‘lamas edingiz. Bu shunchalik qiziqmi? Delfinlar tutqunlikda yashay olmaydi, ular okeanda erkin suzib yurish uchun tug‘ilgan, - deb yozgan hayvonot dunyosi himoyachisi Liz Karter o‘zining "Feysbuk"dagi sahifasida.

Mavzuga oid
Top