19:51 / 31.01.2017
6463

Video: urugvaylik Pagani superkarini videoga tushirmoqchi bo‘lib, unga kelib urildi

Argentinada Kia furgoni umumiy foydalanishda bo‘lgan yo‘lda Pagani Zonda F superkariga kelib urildi. Falokat oldidan furgon yo‘lovchisi Italiya avtomobilini videoga tushirishga harakat qilgan. Yo‘l-transport hodisasi tasvirlangan rolik YouTube’da taqdim etildi.

Autoblog.com.ar’ning xabar berishicha, Paragvayda ro‘yxatdan o‘tgan «Zonda» argentinalik tadbirkor Xorxe Gomesga tegishli bo‘lib, superkarda YTHdan so‘ng orqa diffuzor va tutun chiqarish tizimi zarar ko‘rgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmadi.

Pagani Zonda F superkari atigi 25 nusxada chiqarilgan. Model Mercedes-AMG’dan V12 7,3 litrli motori bilan jihozlangan. U 602 ot kuchiga ega.

Superkar soatiga yuz kilometr tezlikka 3,6 soniyada yetishi mumkin. Pagani Zonda F’ning maksimal tezligi esa soatiga 345 kilometrdan ortiqroq.

Mavzuga oid
Top