08:38 / 01.02.2017
5324

Berlinda IShIDning uch nafar a'zosi qo‘lga olindi

Foto: Spreepicture

Germaniya poytaxti Berlin shahrida IShIDning uch nafar ehtimoliy a'zosi qo‘lga olindi. Bu haqda Bild xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, qo‘lga olingan shaxslar IShIDning Suriya va Iroqdagi a'zolari bilan keng qamrovli aloqalarga ega. Ularning uyida o‘tkazilgan tintuvlarda Berlindagi hujumlarning aniq rejalari borasida dalil-isbotlar topilmagan.

Qo‘lga olinganlarning ikki nafari Berlinda istiqomat qilishi, uchinchi shaxs esa Turkiya fuqarosi ekanligini aytilmoqda. Amaliyot davomida Berlin markazidagi rojdestvo yarmarkasiga hujum uyushtirishni tashkillashtirgan terrorchi Anis Amri borib turgan Moabit tumandagi masjidda ham tintuvlar o‘tkazildi. O‘shanda 12 kishi halok bo‘lgandi.

Mavzuga oid
Top