08:13 / 01.02.2017
6207

BMT Xavfsizlik kengashi Donbassda harbiy harakatlarni darhol to‘xtatishga chaqirdi

Foto: © AF

BMT Xavfsizlik kengashi Ukraina sharqidagi vaziyatdan tashvishda ekanini bildirdi. U shuningdek o‘t ochishni to‘xtatish tartibini darhol tiklashga chaqirgan. Bunday bayonot BMT rasmiy saytida joylashtirildi.

«Xavfsizlik kengashi a'zolari Ukraina sharqidagi vaziyatning xavfli keskinlashishi va mahalliy aholiga jiddiy ta'sir ko‘rsatishidan qattiq tashvishda», - deyiladi bayonot matnida.

Bundan tashqari BMT Xavfsizlik kengashi a'zolari Donetssk viloyatidagi aloqa liniyasida Minsk kelishuvlari bilan taqiqlangan qurollardan foydalanilishini qoraladi. U kishilar o‘limi va jarohat olishiga olib keldi.

Avvalroq Ukrainaning BMTdagi doimiy vakili Vladimir Yelchenko tashkilot Xavfsizlik kengashi mamlakat sharqidagi vaziyatni 2 fevral kungi ochiq yig‘ilishda muhokama qilishini ma'lum qilgandi.

Top