20:19 / 01.02.2017
15606

Dushanbe-Xo‘jand avtomobil yo‘lida qor ko‘chkisi sodir bo‘ldi, qurbonlar bor

Dushanbe-Xo‘jand avtomobil trassasida qor ko‘chkisidan keyin harakatlar tiklandi, biroq yo‘llar bo‘m-bo‘sh, chunki qor ko‘chkisi qaytalanish xavfi mavjud. Asia Plus nashrida shu haqida xabar berildi. 

Kuni kecha Favqulodda vaziyatlar va fuqaro mudofaasi qo‘mitasi mutaxassislari avtomobil haydovchilarini xavfdan ogohlantirishgan edi. Biroq bu tavsiyalarga hamma ham quloq solavermaydi. Oxir-oqibat favqulodda vaziyatlar qo‘mitasining maxsus otryadi voqea sodir bo‘lgan joyga yetib kelganida qutqaruvchilar qor tagida qolib ketgan yuzlab odamlarni avtomobillardan evakuatsiya qilishiga to‘g‘ri kelgan. 

Hozirda qor ko‘chkilari xavfi saqlanib qolmoqda. Shunday bo‘lsa-da, qutqaruvchilar qor ostidan qolgan yengil va yuk mashinalarini olishda davom etishmoqda.

Qor ko‘chkilari ostida 8 nafar kishi halok bo‘lgan, bir nafari izsiz yo‘qolgan, uni qidirish ishlari davom ettirilmoqda. 

Mavzuga oid
Top