17:09 / 01.02.2017
17324

“E'tirof” mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi qachon o‘tkazilishi ma'lum bo‘ldi

2017 yil 14 fevral kuni Madaniyat va sport ishlari vazirligi taklifi bilan madaniyat, san'at, sport va ijodiyot sohasida “E'tirof” mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirni yuqori saviyada tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 23 yanvardagi "Madaniyat, san'at, sport va ijodiyot sohasidagi “E'tirof” mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimini o‘tkazish to‘g‘risida”gi majlis bayoni qabul qilingan. Mazkur majlis bayoni bilan "E'tirof” mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimini tashkil etishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha respublika Tashkiliy-ijodiy guruhi hamda nomzodlarni saralovchi Badiiy kengash tashkil etilgan. 

“E'tirof” mukofoti “Teatr, kino va ommaviy tomoshalar”, “Estrada, an'anaviy, opera xonandaligi, musiqa ijrochiligi va raqs san'ati”, “Tasviriy va amaliy san'at”, “Badiiy ijod, jurnalistika va televideniye”, “Sport”, “E'tibor, ehtirom, e'zoz” kabi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi.

“E'tirof” mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi 2017 yil 14 fevral kuni "Istiqlol” san'at saroyida bo‘lib o‘tadi.

Top