21:16 / 01.02.2017
38955

Freedom House xalqaro reytingi e'lon qilindi, O‘zbekiston hamon quyi o‘rinlarda

Freedom House Xalqaro huquqni muhofaza qilish tashkiloti "Erkinlik dunyo miqyosida 2017" (Freedom in the World 2017) yillik hisobotini taqdim etdi

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida eng past natijani qayd etgan (3 ball). Umumiy ro‘yxatda esa dunyo bo‘yicha 4-o‘rinni egallagan.

Erkinlik darajasi eng past davlatlar ro‘yxati: 

Siyosiy huquq va fuqaro erkinligi masalalari bo‘yicha eng yaxshi sharoit Finlyandiya, Norvegiya, Shvetsiya, Kanada va Niderlandiyada qayd etilgan. 

Freedom House ekspertlari bu yilgi ro‘yxatdan shunday xulosaga kelishgan: butun dunyoda siyosiy va fuqaro erkinlik darajasi mana o‘n yildirki, ketma-ket pasayib bormoqda. 
 
Reyting 195 mamlakatni o‘z ichiga olgan. Barcha davlatlar shartli ravishda siyosiy va fuqarolik huquqlarini ta'minlash tamoyiliga ko‘ra, uch guruhga ajratilgan: erkin, qisman erkin va erkin bo‘lmagan davlatlar. 
 
Erkinlik darajasi 100 balli shkala bo‘yicha baholanadi, ya'ni 100 - eng baland ko‘rsatkich, 0 - eng past ko‘rsatkich.

Mavzuga oid
Top