18:50 / 01.02.2017
8344

"LUKoyl" kompaniyasida bir nechta lavozim o‘zgarishlari amalga oshirildi

"LUKoyl" kompaniyasida bir nechta lavozim o‘zgarishlari amalga oshirildi.

"LUKoyl" kompaniyasining birinchi vitse-prezidenti Aleksandr Matitsin bo‘ldi, deb xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati. Matitsin avval kompaniyaning moliya bo‘yicha katta vitse-prezidenti lavozimini egallagan.

Kompaniyada avval iqtisodiyot va moliya bo‘yicha birinchi vitse-prezident bo‘lgan Sergey Kukuru "LUKoyl" prezidenti maslahatchisi etib tayinlandi.

Yetkazmalar va savdo bo‘yicha katta vitse-prezident lavozimini egallagan Valeriy Subbotin kompaniyaning markaziy apparatini tark etdi. Uning lavozimini neftni qayta ishlash, neft-kimyo va gazni qayta ishlash bo‘yicha vitse-prezident Vadim Vorobev egallaydi.

Avval "LUKoyl-Uxtaneftepererabotka" MChJ rahbari lavozimini egallagan Rustem Gimaletdinov neftni qayta ishlash, neft-kimyo va gazni qayta ishlash bo‘yicha vitse-prezident lavozimini egallaydi.

Mavzuga oid
Top